Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Variantlar izlanmoqda”: Britaniya G‘arb Ukraina ortida nima tayyorlayotganini oshkor qildi

Ekspertning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining katta yo‘qotishlari va G‘arb texnikasi zaxiralarining tugashi ham Kiyev ittifoqchilarini o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Ukraina qarshi hujumining muvaffaqiyatsizligi Kiyevning g‘arbiy hamkorlarini mojaroni hal qilishning muqobil yo‘llarini ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda, deydi britaniyalik harbiy tahlilchi Shon Bell “Sky News” uchun maqolasida.
“Parda ortida G‘arb yetakchilari allaqachon variantlarni izlamoqda”, - deb tan oldi u.
Ekspertning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining katta yo‘qotishlari va G‘arb texnikasi zaxiralarining tugashi ham Kiyev ittifoqchilarini o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.
Iyun oyida Ukraina harbiylari Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tomonidan tayyorlangan va xorijiy texnika bilan qurollangan jangovar brigadalarni tashlab, qarshi hujumga o‘tdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, dushman hech qanday natijaga erisha olmadi, G‘arb kuratorlarining esa “qarshi hujum” yurishidan hafsalasi pir bo‘lgani aniq.