TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Uchinchi tomonning Minskka hujumini Moskva Rossiyaga bo‘lgan hujum deb biladi va barcha mavjud qurollar bilan javob qaytaradi. Bu haqda Rossiyaning Belarusdagi elchisi Boris Grizlov ma’lum qildi.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ittifoq davlat doirasida Belarus hududiga hujum bo‘lgan taqdirda biz buni Rossiyaga hujum deb hisoblashimizni aniq ravshan qilib aytdi. Rossiya Federatsiyasi harbiy doktrinasi bu holatda bizning barcha mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘ vositalarimiz bilan javob qaytarishimizni nazarda tutadi”, - dedi elchi STV telekanaliga bergan intervyusida.
Putin 21-iyul kuni G‘arb tomonidan Belarusga tajovuz bo‘lgan taqdirda Rossiya barcha mavjud vositalar bilan javob qaytarishidan ogohlantirgan edi.