O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi

Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi bitim imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida ma’lum qildi.
Vstrecha ministrov inostrannix del Vengrii i Uzbekistana Petera Siyarto i Baxtiyora Saidova
“Biz o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ikki tomonlama kun tartibimizdagi bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildik”, - deb yozadi Saidov.
Ta’kidlanishicha, Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi.
Vstrecha ministrov inostrannix del Vengrii i Uzbekistana Petera Siyarto i Baxtiyora Saidova
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazgandi.