Sirdaryo viloyatida ilk bor "Drift show caravan" o‘tkaziladi — video

Festivalda 60 dan ortiq sozlangan avtomobil va motosikllar ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Bugun Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida avtomobil haydovchilari uchun katta bayram “Drift show caravan” bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
"Festivalda 60 dan ortiq sozlangan avtomobil va motosikllar ishtirok etadi", deyiladi xabarda.
Unda mehmonlar va ishtirokchilar uchun DJ’larning jonli chiqishlari, test-drayv, driftlar va turli xildagi ko‘ngilochar dasturlar namoyish qilinadi.
Festival soat 16:00da "Humo" savdo majmuasi avto-turargohida bo‘lib o‘tadi.