TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonda rezident aviakompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan parvozlar soni oshdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, rezident aviakompaniyar tomonidan ko‘satilayotgan xizmatlar ko‘lami ortmoqda.
2023 yilning yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston rezident aviakompaniyalari tomonidan 28 764 ta aviaqatnov amalga oshirildi.
“Natijada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 7 524 ta reysga yoki 135 foizni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Xorijiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 16 618 ta (151%), tashilgan yo‘lovchilar soni 2 398,5 ming nafarni (132 %) tashkil etadi.
Mahalliy yo‘nalishlarda rezident aviakompaniyalari tomonidan shaharlararo amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 12 146 ta (141%) ni, tashilgan yo‘lovchilar soni 1 015,6 ming nafarga (103%) teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning birinchi yarim yili davomida "Uzbekistan Airways" AJ, "Qanot Sharq", "Panorama Airways" va "Humo Air" aviakompaniyalariga qo‘shimcha ravishda "Centrum Air", "Silk Avia", "Asia Union Airlines" va "Tashkent Air" aviakompaniyalari tashkil etilgan. Ular hozir o‘z faoliyatini boshlagan.
O‘tgan 6 oy davomida mamlakatga "Uzbekistan Airways" AJ hamda yangi tashkil etilgan rezident aviakompaniyalar17 ta havo kemasini olib kelgan.