TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,82 so‘mga ko‘tarildi, 12 078,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 6,81 so‘mga qimmatlashdi va 13 127,59 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,52 so‘mga pastladi, 129,50 so‘mni tashkil qildi.