"Putinning g‘alabasi". Ukraina NATOni xiyonatda aybladi

G‘arbda Ukrainani tinchlik muzokaralari stoliga o‘tqazish haqidagi goh chin goh yolg‘on xabarlar tez-tez tarqalmoqda. Rossiya bunga nima deydi? Kiyev rejimi uchun bu nimani anglatadi? Batafsil Sputnik tahlilida.
Sputnik
TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. Kiyev va G‘arb o‘rtasida diplomatik janjal kelib chiqdi. NATO bosh shtabi rahbari Stian Yensen Ukraina ba’zi bahsli hududlarni Rossiyaga berish evaziga alyansga qo‘shilishi mumkinligini aytdi.
Lekin biorz o‘tib bu fikr rad etildi, jurnalistlar hamma narsani noto‘g‘ri tushunishganligi aytildi. Ammo turli siyosatchilar Ukrainada “Koreya ssenariysi”ga necha marta shama qilganini inobatga olsak, bu bayonot dunyo hamjamiyatida jiddiy qabul qilindi. Kiyevni nimaga tayyorlashmoqda?

Yer masalasi

Yensen o‘z gapi uchun allaqachon kechirim so‘ragan. Shunga qaramay, Ukraina rasmiylari g‘azabda. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oleg Nikolenko bunday muzokaralarni mutlaqo nomaqbul deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Kiyev hududlar bilan savdo qilmaydi va idora rahbarining bayonoti "Rossiyaga foyda keltirdi".
Prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Yensenning bayonotini “Putinning g‘alabasi” deb hisoblaydi. Uning fikricha, bunday kelishuv faqat jangning keyingi avlodlarga o‘tishiga olib keladi. “Xalq xizmatchisi” parlament fraksiyasi rahbari Devid Araxamiya hududlardan voz kechish “Rossiya agressiyasi”ga turtki berishiga ishonadi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning aniqlik kiritishicha, Ukrainadagi barcha hududlar “juda bahsli”. Xususan, Ukraina NATOga kirishdan oldin Kiyevdan voz kechib, poytaxtni Lvovga ko‘chirishi kerak bo‘ladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yensenning nutqini Qo‘shma Shtatlar Ukraina masalasidan charchaganining belgisi sifatida baholadi.
"Liberal guruh yetakchiligida Oq uy butun dunyoni butun boshi berk ko‘chaga olib kirdi. Endi bu vaziyatdan chiqishga urinishlarini namoyish uchun ular bir nima qilishi kerak. Bu kabi goh chin goh yolg‘on axborot tashlashlar ana shunday urinishlarning biri", - deya xulosa qildi u.

Hudud evaziga tinchlik

Yil boshida Shveysariyaning Neue Zürcher Zeitung nashri AQSh go‘yoki Rossiya va Ukrainaga ularning hozirgi natijalarini tan olgan holda harbiy harakatlarni to‘xtatishni taklif qilgani haqida maqola chop etdi. Bu ishda go‘yoki Moskva va Kiyevga tashrif buyurgan Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns vakil bo‘lgan. Ammo qarama-qarshi tomonlar buni rad etishdi. Har ikki poytaxtda esa bu ma’lumot rad etildi.
Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchragani ayon bo‘lgach, G‘arb matbuoti bu mavzuga qaytdi. Masalan, The Economist jurnalining ta’kidlashicha, Ukraina faqat Rossiya bilan hududiy kelishmovchiliklar hal qilingan taqdirdagina NATOga kirishi mumkin. Nashrning ta’kidlashicha, Kiyev shu yo‘l bilan jangda erisha olmagan natijagalari uchun va G‘arbdan so‘rayotgan mablag‘lari uchun "to‘lov qiladi".
EUobserver internet resursining qayd etishicha, hozirgacha mavjud “tinchlik rejalari”ning aksariyati hududlarni tinchlik uchun almashishga asoslangan. Kiyevning murosasizligi esa ko‘pchillikning g‘ashiga tegmoqda, chunki uzoq davom etadigan qurolli to‘qnashuvdan hech kim manfaatdor emas. NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Vilnyusdagi sammit arafasida Ukrainani qismlarga bo‘lib qabul qilishni taklif qildi va bunda GFR va GDR bilan bo‘lgan tarixiy tajribaga ishora qildi.
Ukraina ommaviy axborot vositalarida esa “Koreya ssenariysi” tobora ko‘proq tilga olinmoqda. Ya’ni, Rossiya nazorati ostidagi hududlar “Shimoliy Koreya kabi "jahannam”ga aylanishi kerak, G‘arb esa Ukrainaning qolgan qismini mo‘’jizaviy tarzda “gulli bog‘”ga aylantiradi.
Ba’zi harbiylar ham buni tezda tugatish kerakligini aytishadi - agar Ukraina 1991-yil chegaralarini tiklamasa ham bundan juda kam odam xafa bo‘ladi. Mustaqillik muhimroq.

Birinchi urinish

Siyosatshunos Aleksandr Dudchak Jensenning nutqini vaziyatni tekshirib ko‘rishga urinish deb hisoblaydi. NATO barcha kerakli ma’lumotlarni to‘plashi bilanoq, uning so‘zlari rad etildi.
"Urushdan pul topayotganlar bu manfaatlarning taslim bo‘lishi deb hayqirishadi. Ammo urushni to‘xtatmoqchi bo‘lganlar ham bor. Moskva taklifni ko‘rib chiqishga tayyor, ammo oqibatlari haqida o‘ylash kerak. Maxsus operatsiyaning tugatilishi, kelajakda, Kiyev kuch to‘plaganidan so‘ng, uning qayta boshlanishiga olib kelishi mumkin. Shuni uchun Ukraina taslim bo‘lgunicha davom etgan ma’qul”, — dedi u RIA Novosti
Siyosatshunos Sergey Markov fikricha, NATO hali bir qarorga kelmagan. "Rossiyaning harbiy mag‘lubiyati asosiy ssenariy bo‘lib qolmoqda, biroq Ukrainani alyansga qisman kiritish variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu Moskvaga yoqmaydi. Asosiy maqsad - demilitarizatsiya va denasifikatsiya. Ya’ni, yonimizda bizga keskin qarshi dushman bo‘lmasligi kerak. Masalan, Hindiston (va Pokiston – tahrir) va Isroil (va Falastin. – tahrir) kabi antagonist davlat bo‘lmasligi kerak”, — dedi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, murosa izlash mumkin, ammo ularning har biri ayni damda Rossiya Rossiya tomonidan yon berishni anglatadi. Shu ma’noda u Dudchakning fikriga qo‘shiladi: Kiyev hamkorlari jangovar harakatlar to‘xtatilishini mojaroning tugashi emas, balki ikkinchi raund oldidan berilgan muhlat sifatida qabul qiladi.