1976 yil 18-avgust kuni “Luna-24” oxirgi sovet stansiyasi oyga qo‘ngan. U “Proton-K” raketa tashuvchi bilan “Baykonur” kosmodromidan uchirilgan.
Qo‘ngandan keyin 15 daqiqa o‘tib yerdan buyruq olgan burg‘ulash qurilmasi ish boshlagan. Ertasi kuni stansiya moduli Oy tuprog‘i namunasini yerga yetkazib uchun tushirilgan.
170 gramm Oy tuprog‘i qoldig‘i olimlarga Oyda suv borligini isbotlashga imkon bergan. Bu bilan SSSRda avtomatik qurilmalar bilan Oyni tadqiqot qilish dasturi yakunlangan.
Rossiya uni 47-yil o‘tib qayta tikladi. 2023-yil 11-avgust kuni “Vostochniy” kosmodromidan “Luna-25” stansiyasi uchirildi.
Ilk bor Rossiya stansiyasi Oy ekvatorida emas, balki yer yo‘ldoshining janubiy qutbida qo‘nadi