TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlaridan qariyb 5 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar import qilgan.
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 7,4 milliard dollarni tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,5 foizga ko‘p), shundan import hajmi 4,9 milliard dollarni tashkil etdi.
© Sputnik
O‘zbekistonga YeOIIdan import hajmi, yanvar-iyun, $ mln.
Davlat | 2021 | 2022 | 2023 |
Rossiya | 2240 | 2843,7 | 3133,2 |
Qozog‘iston | 1361,8 | 1 489,9 | 1496,2 |
Qirg‘iziston | 78,7 | 105,9 | 134,3 |
Belarus | 174,7 | 156,7 | 228,5 |
Armaniston | 1,4 | 2,2 | 4,6 |
YeOII — mintaqaviy iqtisodiy integratsiya tashkiloti bo‘lib, 2014-yil 29-mayda rasman tashkil topgan. Hozirgi vaqtda YeOIIga beshta davlat a’zo bo‘lgan: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasi. YeOII tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi harakati erkinligini, iqtisodiyot tarmoqlarini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.