Dam olish kunlari qayerga borish mumkin: Toshkentdagi top-5 ta qiziq tadbir

"The Limba" konserti, floristika bo‘yicha mahorat darsi va xorijiy universitetlar ko‘rgazmasi. Toshkentda dam olish kunlarini qanday o‘tkazish mumkin – batafsil Sputnik maqolasida.
Sputnik

Shanba kuni, 19-avgust

“Wayu Expo” xorijiy universitetlar ko‘rgazmasi
Tashrif buyuruvchilar xorijiy universitetlar vakillari bilan muloqot qilishlari hamda ta’lim grantlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Boshlanish vaqti: 10.00
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
Kirish bepul
Ochiq havoda filmlar namoyishi
Tomoshabinlar uchun ochiq osmon ostida “Uyga yo‘l” va “Bogema rapsodiyasi” filmlari namoyish qilinadi.
Boshlanish vaqti: 19.30, 21.20
Manzil: “Yoshlik” sport-sog‘lomlashtirish markazi
Chipta narxi: 25-35 ming so‘m
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 90−998−1425, (+998) 90−901−8468.
Anhor bo‘ylab eko yugurish (plogging)
Plogging ishtirokchilari – yugurib chiqindi yig‘ish – Sharshara ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha, Anhor va Bo‘rijar kanallari bo‘ylab uch kilometrlik masofani bosib o‘tadi. Startdan oldin ishtirokchilarga qo‘lqop va chiqindi qoplari beriladi. Marra chizig‘ida ploggerlarni turli sovrinli o‘yinlar kutadi.
Boshlanish vaqti: 09.50
Qatnashish bepul: oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Yakshanba kuni, 20-avgust

“The Limba” konsert dasturi
“X.O” va "Sinie fialki" (“Moviy binafshalar”) kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan mashhur qozoq R&B va estrada artisti Toshkentda konsert dasturini taqdim etadi.
Boshlanish vaqti: 20.00
Manzil: Atlantis.
Chipta narxi: 200-400 ming so‘m.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 71−215−1122, (+998) 33−215−1122.
Floristika bo‘yicha mahorat darsi
Ishtirokchilar gul kompozitsiyalarini yig‘ishni o‘rganib, mualliflik guldastalarini yaratishlari mumkin bo‘ladi.
Boshlanish vaqti: 17.00.
Manzil: KProf.
Chipta narxi: 280 ming so‘m.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 94−044−1092.