AQSh Ukrainaga F-16 samolyotlarini yuborishi ramziy harakatdir — Pushkov

Senator Aleksey Pushkov: AQSh va Ukraina uchun vaziyat “yaxshilanmayapti”.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Vashingtonning F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga yetkazish haqidagi qarori AQShning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi illyuziyani yaratishga qaratilgan. Bunday fikrni senator Aleksey Pushkov o‘zining Telegram-kanalida bildirdi.
Uning yozishicha, Ukrainaga F-16 samolyotlarini yuborish siyosiy ahamiyatga ega, lekin asosan ramziy harakatdir.
“Qo‘shma Shtatlar Ukrainani o‘jarlik bilan qo‘llab-quvvatlashini namoyish etishi muhim va va bir nechta harbiy samolyotlarning ittifoqchilar orqali o‘tkazilishi, hatto kelgusi yilda bo‘lsa ham, tasdiq sifatida xizmat qilish uchun mo‘ljallangan”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Ukraina uchun vaziyat “yaxshilanmayapti”. Aynan shuning uchun ham bir nechta F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirish Kiyev va G‘arb uchun “harbiy istiqbol illyuziyasini yaratish uchun mo‘ljallangan”, deya qo‘shimcha qildi parlament a’zosi.