TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Odiljon Atoullayev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumani hokimi lavozimiga Odiljon Atoullayev nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani Kengashi Atoullayev nomzodini hokimlikka ma’qulladi.
Atoullayev 1980-yili Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008-yil Andijon Davlat universitetini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Tumanning sobiq rahbari Ulug‘bek Yalgashovprezident raisligida o‘tkazilgan investitsiya masalalariga doir yig‘ilish yakunlariga ko‘ra ishdan olingan edi.