TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,81 so‘mga arzonlashib, 12 066,19 so‘mni tashkil qildi. Yevro 88,87 so‘mga pastladi va 13 120,78 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 5,12 so‘mga qimmatlashib, 130,02 so‘mni tashkil qildi.