TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi O‘zA.
Bekenov bu lavozimda 2022-yil iyulidan buyon ishlab kelayotgandi.
Sunnatulla Bekenov 1971-yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. U 2005-yilgacha "O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi" davlat korxonasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2007 yillarda moliya vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-yil iyuldan 2010-yil oktabrgacha iqtisodiyot vaziri bo‘lgan.
2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi, 2015-yildan 2016-yilning dekabrigacha prezidentning tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2016-yilning dekabrida iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bekenov 2018-yilning fevralida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 2019-yilning yanvarida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan
2019 yil sentabridan 2020-yilning dekabriga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori edi.