Saudiya kompaniyalari O‘zbekiston yo‘l-qurilishi sohasi loyihalarida ishtirok etadi

Transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdug‘afforov Saudiya Arabistoni vakillari bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Saudiya Arabistoni kompaniyalari O‘zbekistonning yo‘l-qurilishi sohasiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdug‘afforov Saudiya Arabistonining “Al Bawani Company” va “Shibh Al Jazira Contracting Company (SAJCO)” kompaniyalari konsorsiumi vakillari bilan uchrashdi.
Ta’kidlanishicha, Ilhom Abdug‘afforov “Al Bawani Company” davlat-xususiy sheriklik loyihalari direktori Jamil Adi va "SAJCO" kompaniyasining hamkorlik ishlari bo‘yicha direktori Vaqqos Ismoil bilan yo‘l sohasida davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildi.