Rossiya xorijda o‘z videoo‘yinlarini targ‘ib qiladi

Putin xorijiy davlatlarda Rossiyada ishlab chiqilgan videoo‘yinlarni targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiya Hukumati BRIKS mamlakatlarida mahalliy videoo‘yinlarni ilgari surish bo‘yicha takliflar tayyorlashi kerak. Bu haqda Vladimir Putinning "Rossiyada ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish" ko‘rgazmasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha ko‘rsatmasida aytib o‘tilgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Rossiya eksport markazi" aksiyadorlik jamiyati, "Yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha strategik tashabbuslar agentligi" bilan birgalikda Tashqi bozorlarda, jumladan BRIKS mamlkatlarida Rossiyada ishlab chiqilgan videoo‘yinlar va ulardan foydalanish uchun dasturiy ta’minotini targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar kiritish kerak" , - deyiladi Kreml veb-saytida e’lon qilingan ko‘rsatmalar ro‘yxatida.

Takliflar qisqa fursat ichida, 30-sentabrga qadar ishlab chiqilishi kerak.
Bundan tashqari, prezident qonun hujjatlariga bolalar va o‘smirlar uchun animatsion filmlar ishlab chiqarish va prokatini to‘liq davlat tomonidan moliyalashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida farmoyish berdi.
Shu bilan birga xorijdan buyurtma asosida raqamli kontent yaratish bilan shug‘ullanuvchi Rossiya tashkilotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol stavka belgilash taklif qilinmoqda.