Qrimni Ukrainaga qaytarish g‘oyasi xomxayoldir – Sarkozi

Fransiyaning sobiq prezidenti yarim oroldagi aksariyat aholi o‘zini rus deb hisoblashini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Qrim Rossiya hududi edi va bo‘lib qoladi, shu bois uni Ukraina tarkibiga qaytarish haqidagi gap-so‘zlar – xom xayol. Bu haqda Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya SarkoziFigaro” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Gap 1954-yilgacha Rossiyaniki bo‘lgan va u yerdagi aksariyat aholi o‘zini rus deb hisoblaydigan Qrim hududi haqida ketganda, men o‘ylaymanki, har qanday qaytarish – bu xom xayol”, - dedi sobiq prezident.
Shu bilan birga Sarkozi “hozirgi haqiqiyni vaziyatni tasdiqlash uchun” u yerda xalqaro hamjamiyat nazorati ostida referendum o‘tkazish lozim deb hisoblaydi.
Fransiyaning sobiq rahbari Rossiyaning yangi hududlarida ham bu hududlarni Ukrainaga qaytarish to‘g‘risidagi masalani uzil-kesil va shaffof tarzda yopish uchun shunga o‘xshash referendum o‘tkazish kerak degan fikrni bildirgan.
2014 yilning mart oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Qrim Rossiya hududiga aylandi. Rossiya bilan birlashish uchun Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 foizi va Sevastopol aholisining 95,6 foizi ovoz bergan. Moskva yarim orol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga to‘la mos ravishda Rossiyaga demokratik yo‘l bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi butunlay yopilgan.
Obama Qrimda ko‘plab rusiyzabonlar Rossiyaga qo‘shilishni istashganini tan oldi