TOShKENT, 17 avg — Sputnik. "Panorama Airways" aviakompaniyasi A330-300 havo kemasini qabul qildi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
“Aviakompaniya 2023-yilning so‘ngiga qadar yana 4 ta havo kemasi xaridini rejalashtirgan”, - deyiladi xabarda.
Aviakompaniya BAA, Hindiston, Rossiya, Saudiya Arabistoniga parvozlarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni “Panorama Airways" aviakompaniyasining havo kemasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. A 320 rusumli havo kemasi ilk bor Namangan-Madina-Namangan yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshiradi.
Shuningdek, "Panorama Airways" aviakompaniyasi Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reysni amalga oshirishni boshladi.