O‘zbekistonlik kutubxonachilar Moskvaga bordi — foto

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Serbiyadan kelgan yosh mutaxassislar o‘zaro tajriba almashishdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Moskva shahrida “Hamdo‘stlik kutubxonalarining ta’lim sohasidagi hamkorligi” xalqaro loyihasi o‘z ishini boshladi. Bu xaqda “Rossotrudnichestvo” xabar berdi.
“Yangi avlod” dasturi doirasida Moskvaga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Serbiyadan yosh mutaxassislar yetib bordi.
Rossiya davlat kutubxonasida ularga 1000 dan ortiq muassasalarni o‘z ichiga olgan Rossiya kutubxonalarining ekotizimiga bag‘ishlangan milliy loyihalar taqdim etildi. Shuningdek, milliy elektron kutubxona haqida so‘z yuritildi.
Xorijlik mutaxassislarni kitoblar, qo‘lozmalar, hujjatlar, eslatmalar va raqamli ma’lumotlar bazasiga ulanish tartibi qiziqtirdi.
“Yosh mutaxassislar o‘zlarining ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashib, o‘z mamlakatlaridagi muassasalar faoliyati haqida ma’lumot berishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ishtirokchilar Rossiya davlat bolalar kutubxonasi va Rossiya davlat yoshlar kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Milliy Kutubxonasiga rus klassikasi to‘plamlari topshirilgani xaqida ma’lumot berilgandi.