"Luna-25" Oy yuzasining birinchi suratini oldi

"Roskosmos" agentligi "Luna-25" avtomatik stansiyasi tomonidan Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan tomonida olingan ilk suratni namoyish qildi.
Sputnik
Oy orbitasi bo‘ylab parvoz qilayotgan "Luna-25" STS-L kompleksi telekameralari yordamida Oy yuzasining birinchi suratini oldi.
Rasmda Oyning orqa tomoni janubiy qutbidagi Zeyeman krateri tasvirlangan. Krater markazining koordinatalari janubiy kenglikning 75 gradusiga va g‘arbiy uzunlikning 135 gradusiga to‘g‘ri keladi.
Yerdan ko‘rinmaydigan Zeyeman krateri Oy yuzasidagi noyob obyekt bo‘lib, tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‘otadi - uning tubi nisbatan tekis bo‘lib, atrofini o‘rab turgan uyum balandligi 8 kilometrgacha yetadi.
Olingan tasvirlar ushbu krater haqidagi mavjud ma’lumotlarni sezilarli darajada to‘ldiradi. Oyning orqa tomonining dunyodagi birinchi tasviri 1959-yil oktabr oyida SSSRning "Luna-3" avtomatik stansiyasi tomonidan olingan edi.
"Luna-25" oy yuzasidagi kuzatishlarini ADRON-LR va PmL hamda ARIES-L asboblari yordamida amalga oshirdi. Oy yuzasidan gamma-nurlar va neytronlar oqimi o‘lchanadi, shuningdek, oy yaqin orbitasidagi kosmik plazma va gaz-chang ekzosferasi parametrlari o‘lchanadi.