Kapitalbank birinchi bo‘lib kriptovalyuta kartalarini chiqardi

O‘zbekistonda fuqarolari kriptoaktivlarni faqat milliy provayderlar orqali sotib olishlari, sotishlari va almashishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. ATB "Kapitalbank" O‘zbekistonda birinchi bo‘lib kriptovalyuta kartasini muomalaga chiqardi”. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 15-avgust kuni kriptokartalar Live-rejimida chiqarilgan. Ayni damda sinovning barcha bosqichlari yakunlanib, kartalar test cheklovlarisiz ishlay boshlagan. Enldi esa bank keyingi bosqichni - kriptokartalarni chiqarish uchun arizalarni qabul qilishni boshlaydi.

“O‘zbekistonda kriptokartalarning paydo bo‘lishi uch tomonlama hamkorlik tufayli mumkin bo‘ldi – UzNEX kripto birjasi kriptovalyuta bilan operatsiyalarni qayta amalga oshiradi, jumladan konvertatsiya qiladi, "Kapitalbank" ATB kriptokartalarni chiqaradi va ularga xizmat ko‘rsatadi, Mastercard esa to‘lovlarni amalga oshirish uchun platformani taqdim etadi”, — deb qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Bundan oldin O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) kriptoaktivlar muomalasi sohasida maxsus tartibga solish rejimi ishtirokchilari reyestrini yaratgan edi. Uning tarkibiga Kapitalbankdan tashqari yana Ravnaq banki hamda davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator - Uzinfocom kirgan edi. Banklar tomonidan kripto-kartalarni to‘liq ishga tushirish dekabr oyida rejalashtirilgan edi.
2023 yil 1-yanvardan O‘zbekistonda fuqarolar va yuridik shaxslar kriptoaktivlarni faqat milliy provayderlar orqali sotib olishlari, sotishlari va almashishlari mumkin. Fevral oyida norezident yuridik shaxslar respublikada kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tijorat banklarida hisob raqamlarini ochish huquqini oldi. Iyun oyida ILMA respublikadagi birinchi kripto depozitariyga litsenziya berdi.
O‘zbekistonda kriptovalyutalarni sotish faqat ixtisoslashgan kriptobirjalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, kriptovalyutalar bilan savdo qiluvchi birja va elektron tizimlari O‘zbekiston hududidagi serverlarini joylashtirishi kerak. 2019-yil dekabr oyida Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasi mamlakatda UzNEX kripto birjasini yaratish va faoliyat yuritish uchun birinchi va hozircha yagona litsenziyani olgan edi. Ayni paytda respublikada to‘rtta kriptodo‘kon ham ro‘yxatdan o‘tgan.