TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrini suv bilan ta’minlovchi suv omborlarida atigi ikki oylik suv qoldi, qurg‘oqchilik davom etsa, vaziyat keskinlashadi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
“Shunday qilib, shaharda 91 kunlik suv zaxirasi bor, lekin 25 foizi bug‘lanishini hisobga oladigan bo‘lsak, zaxira 61 kunga yetadi, xolos”, - deya aniqlik kiritgan telekanal.
Istanbul suv resurslari va kanalizatsiya boshqarmasi (İSKİ) ma’lumotlariga ko‘ra, 16-avgust, chorshanba holatiga ko‘ra, suv havzalarini to‘ldirish darajasi 33,37 foizga yetgan. Bu 289 million kub metrdan ortiq suv hisoblanadi. Shu bilan birga, so‘nggi ikki hafta ichida shaharda kuniga 3 milliondan 3,5 million kub metrgacha suv iste’mol qilingan.
İSKİ xabariga ko‘ra, o‘nta yirik suv omborining yarmi deyarli sayozlashib qolgan: ular 2 foizdan kamroq to‘lgan. Suv zaxiralarining 80 foizdan ziyod uchta suv omborida – O‘merli, Darlik va Terkosda.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin o‘n kun ichida Istanbulda yog‘ingarchilik kutilmayapti. Havo harorati +30...+32 daraja bo‘ladi. Shahar hokimi Ikrom Imomo‘g‘li shahar aholisni suvni tejashga chaqirgan.