1977 yil 17-avgust kuni “Arktika” sovet atom muzorari dunyoda birinchi bo‘lib Shimoliy qutbga suzib borgan. Muzorar safari 9-avgust kuni Murmanskda boshlangan.
17 avgust kuni ertalab soat 4 da muzorar radiostansiyasi manzilga yetib kelganini e’lon qilgan. Shimoliy qutbda Sovet Ittifoqi bayrog‘i o‘rnatilgan.
Dunyodagi zamonaviy eng qudratli Rossiya atom muzorari nomi ham “Arktika”.