"Agroekspress" poyezdi uchun Jizzaxda logistika markazi paydo bo‘ladi

Jizzaxda 810 ming tonna mahsulot yetkazib berish quvvatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi logistika markazi ishga tushadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. "Agroekspress" tezurara poyezdi orqali O‘zbekistondan Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlarini tezkor yetkazib berish hajmi o‘sadi.
Bu haqida bugun Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanishi va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
“Bugungi kunda biz nafaqat Toshkent-Moskva yo‘nalishida, balki O‘zbekiston va Rossiyaning boshqa viloyatlaridan ham yetkazib berishni tashkil etish imkoniyatlari ustida ishlayapmiz. Oktabr oyida Jizzaxda yiliga 810 ming tonnagacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega agrologistika majmuasini ishga tushirish rejalashtirilgan. U qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jamlash hududida joylashgan, - dedi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach.
Uchrashuvda sho‘uningdek, Rossiya va O‘zbekiston orasida mintaqalararo hamkorlik forumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Rossiya tomoni investitsiya loyihalari (invest.economy.gov.ru platformasi asosida), kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni taqdim etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni taqdim etdi va “Loyihalarni moliyalashtirish fabrikasi” haqida ma’lumot berdi.
Yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosarlari Dmitriy Volvach, Murat Kerefov, Tatana Ilyushnikova, O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 16-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.