Xorazmda etnosport festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda – foto

Yoshlar siyosati va sport vaziri etnosport festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Xorazmda etnosport festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Vazir Adham Ikramov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida etnosport festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Xorazmda etnosport festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Vazir xalqaro etnosport festivalining ochilish va yopilish marosimi o‘tkaziladigan maydonida tayyorgarlik ishlari, shuningdek, "Ichan qal’a" hududida tashkil etiladigan madaniy hamda sport tadbirlari joylashuvini ko‘zdan kechirdi.
Xorazmda etnosport festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
O‘rganishlar davomida viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov bilan festivalni tashkil etish vazifalari muhokama etildi.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro etnosport festivali 7–10 sentabr kunlari Xivada o‘tkaziladi. Festival har 2-yilda bir marta o‘tkaziladi. Tadbir doirasida xalqaro musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.