Samarqandga Qozog‘istondan naslli yilqilar olib kelindi — foto

Samarqandga Qozog‘istondan 100 bosh naslli yilqi olib kelinib parvarish qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Samarqandga Qozog‘istondan naslli yilqilar olib kelindi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Ozodbek naslli chorva” fermer xo‘jaligi tomonidan chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Jumladan, ushbu fermer xo‘jaligiga Qozog‘iston davlatidan 100 bosh naslli yilqi olib kelinib parvarish qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumaniga Qozog‘istondan naslli mollar olib kelingandi.