TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bugun Toshkentga keldi.
Vazir Qozog‘iston delegatsiyasi a’zolari bilan birgalikda Toshkentdagi Texnoparkka tashrif buyurdi. Bu yerda 20 dan ortiq yuqori texnologiyali, raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar joylashgan.
© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan
Tashrif davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston sanoat kooperatsiyasi va ikki davlat tadbirkorlari o‘tasidagi aloqalarni kengaytirish yo‘llari muhokama qilindi.
Tashrif kun tartibidan O‘zbekiston-Qozog‘iston aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv va almashinuvlar o‘rin olgan.
© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan