TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “Armiya-2023” forumida taqdim etilgan o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan NATO texnikasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Medvedevga Amerikaning M777 qurilmasi, Germaniyaning robotlashtirilgan “MineWolf” minalardan tozalash mashinasi, Amerikaning HMMWV ("Hammer" nomi bilan ma’lum) zirhli mashinasi, Ukraina qo‘shinlari foydalanayotgan turli ko‘cha granatomotlar va tankka qarshi komplekslar namoyish etildi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi dronlar, jumladan, “Bayraktar TB-2” o‘rin olgan ekspozitsiya oldida alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, u Avstraliyaning yoqib yuborilgan "Bushmaster" zirhli mashinasi, Amerikaning M-113 zirhli transportori, Shvetsiyaning CV90-40 piyodalar jangovar mashinasi, Fransiyaning AMX-10RCR g‘ildirakli tankini ko‘zdan kechirdi.
Moskva viloyatining Kubinka shahrida “Armiya-2023” xalqaro harbiy-texnika forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum 20-avgustga qadar davom etadi. Forum doirasida Rossiya mudofaa majmuasining yutuqlariga namoyish etiladi.
RIA Novosti “Armiya-2023” forumining rasmiy axborot agentligidir.