Joriy o‘quv yilida necha nafar 1-sinf o‘quvchisi “Prezident sovg‘alari”ni oladi — video

Sovg‘alar vazirlikning tuman bo‘limlari orqali 25-avgustga qadar yetkazib beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda joriy o‘quv yilida 732 ming 960 nafar birinchi sinf o‘quvchisi “Prezident sovg‘alari”ni olishi kutilmoqda.
O‘quv qurollari solingan rukzaklar allaqachon viloyatlarga jo‘natilgan. Ular orasida daftarlar, rasm chizish uchun albom, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘ozlar bor.
Ular vazirlikning tuman bo‘limlari orqali 25-avgustga qadar yetkazib beriladi.