Iordaniyada o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik erkin kurashchi sovrindor bo‘ldi

Nodirbek Jumanazarov uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda hindistonlik Sagar Sagarni 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Iordaniyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Nodirbek Jumanazarov uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda hindistonlik Sagar Sagarni 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dasturga ko‘ra, bugundan ayollar kurashi bo‘yicha bellashuvlarga navbat berildi. Unda quyidagi o‘zbekistonlik sportchilar saralash bosqichidan bahslarga kirishadi:
-55 kg: Aysenem Kurbanbayeva – Arina Martanova (Xalqaro neytral sportchi);
-59 kg: Sarbinaz Jiyenbayeva – Kalmira Bilimbek kizi (Qirg‘iziston).
14 avgust kuni Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi jahon chempionati start oldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham medallar uchun kurash olib bormoqda.