Estoniya Narvadagi T-34 tanki yodgorligini buzib tashlaganiga 1-yil bo‘ldi

Estoniya ko‘p yildan buyon sovet xaloskor askarlari haykallariga qarshi kurashib keladi.
Sputnik
2022 yil 16-avgust kuni Estoniya hukumati Narvadagi T-34 tankiga o‘rnatilgan yodgorlikni buzib tashlagan edi. Narva aholisi yodgorlikni oxirigacha himoya qildi Tankni boshqa ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni Tallindagi hukumat qabul qilgan edi.
Yodgorlikni buzishga kelgan kishilar o‘z yuzlarini ochishdan qo‘rqishgandi. Liboslarida ukraincha yozuvlar bor edi. Befarq bo‘lmagan aholi tank turgan joyga gul keltirib, sham yoqqan T-34 tanki Tallin yaqinidagi harbiy muzeyga o‘tkazilgan. Tank paydo bo‘lgandan keyin muzeyga tashrif buyuruvchilar soni besh baravarga ko‘paydi.
Estoniya hukumati T-34 tanki nishonasiga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Yodgorlik joyida dronlarni monitoring qilish markazi tashkil etiladi, u yerga kirish taqiqlanadi.