TOShKENT, 16 avg — Sputnik. 2023 yilning birinchi yarmida YeOII davlatlari Yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishonchli o‘sish dinamikasini namoyish qilmoqda. Bu haqida YeOTB tahlilchilarining hisob-kitoblarida aytib o‘tilgan.
Xususan, 2023-yilning birinchi yarmida YaIM o‘sishi:
Armaniston +11,4%
Belarusiya +2,0%
Qozog‘iston +5,0%
Qirg‘iziston +3,9%
Rossiya +1,4%
Ayni paytda, YeOTB tahlilchilari bank tashqi sektordan faoliyat yuritayotgan mintaqa iqtisodiyotlari uchun davom etayotgan xatarlar haqida gapiradi.
Xususan, ekspertlar inflyatsiya muammosiga e’tibor qaratishdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, Rossiyada inflyatsiya 2,3 %dan (aprel) 4,3 %gacha ko‘tarilgan (iyul). Belarusda davlat narxlarni nazorat qilib turgani uchun, inflyatsiya ta’siri kamroq seziladi. Ushbu yilning birinchi yarmida ko‘rsatgich 2–2,5% darajasida bo‘ldi.
Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yilning ikkinchi yarmida inflyatsiya jarayonlari sekinlashishi kutilmoqda, chunki bu yil oziq-ovqat bozorlariga jahon bozorlari tomonidan o‘tgan yilga nisbatan bosim kam bo‘ladi.
Armaniston esa iste’mol tovarlari narxlari o‘tgan yilga nisbatan kamaygan YeOIIning yagona davlati bo‘ldi. Bu yerda narxlar 2023-yilning iyul oyida o‘tgan yilga nisbatan 0,5 va 0,1% ga kamaydi. Yilning ikkinchi yarmida Armanistonda inflyatsiya MB kutganidan past (4±1,5%), bo‘lishi kutilmoqda.