Dollar va rubl ko‘tarildi — 16-avgustda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar yevro va rubl kurslari ko‘tarildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,95 so‘mga qimmatlashib, 12 074, 99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 2,11 so‘mga ko‘tarildi va 13 210,04 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 4,18 so‘mga qimmatlashib, 123,18 so‘mni tashkil qildi.