Qozog‘iston kommunalchilari Toshkent tajribasi bilan tanishdi — foto

Qozog‘iston uy-joy kommunal xo‘jalik tashkilotlari vakillari O‘zbekistonda ushbu sohada erishilgan yutuqlar bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Qozog‘iston uy-joy kommunal xo‘jalik tashkilotlari vakillari O‘zbekistonda ushbu sohada erishilgan yutuqlar bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston kommunalchilari anjumani
Bugun Toshkentda uy-joy fondini professional boshqaruvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uyushmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida kommunal xizmatlar sohasida tajriba almashish maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilariga kommunal sohadagi ish faoliyati, erishilgan yutuqlar, kelgusi maqsad va rejalar, sohada yechimini kutayotgan dolzarb masalalar haqida ma’lumot berildi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston kommunalchilari anjumani
Xalqaro konferensiya yakunida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva qozog‘istonlik ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sohasi vakillarini poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanidagi boshqaruv tashkilotlari faoliyati hamda tumanlardagi ko‘p qavatli uylarda pilot loyiha sifatida amalga oshirilgan sanatsiya ishlari bilan tanishtirdi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston kommunalchilari anjumani
Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan texnologiyalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Loyiha ishtirokchilari ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismida amalga oshirilgan ta’mirlash, xususan, ko‘p qavatli uylarni sanatsiya dasturi asosida bazalt qoplamalari bilan qoplash ishlari namoyish etildi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston kommunalchilari anjumani