Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari kuni ma’lum bo‘ldi

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari 17-avgust kuni o‘tkaziladi, deya xabar berdi Bilmni baholash agentligi.

“O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 17-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘ralgan.
Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, [orijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni ikki smenada o‘tkaziladi. Bugun test sinovlarida ishtirok etadigan talabalar bugun imtihon o‘tadigan binoni borib ko‘rish mumkin.