TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Buxoroda Ermitaj muzeyining ilk ko‘rgazmasi tashkil etiladi, deya xabar berdi O‘zA.
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov boshchiligidagi ishchi guruh Sankt-Peterburgning Viborg shahrida tashkil etilgan “Buxoro amirlarining chor Rossiyasi imperatorlariga hadalari” deb nomlangan xalqaro ko‘rgazmada qatnashdi.
Unda Ermitaj muzeyining Viborg shahridagi filiali rahbari, xalqaro ko‘rgazma tashkilotchilari va muzey xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Aytilishicha, ko‘rgazmadan joy olgan Buxoro amirligi, O‘rta Osiyo xonliklari, Xiva va Qo‘qon xonliklaridan Rossiya imperatoriga hadya qilingan sovg‘alar, tarixiy shart-sharoit sabab olib kelingan buyumlarni ko‘zdan kechirishdi.
Buxoroda Ermitaj muzeyining ilk ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
© UzA
“33 eksponat ilk bor omma e’tiboriga havola etildi. Ishchi guruh rahbari yaqin fursatda Ermitaj bilan hamkorlikda ushbu xalqaro ko‘rgazmani Buxoro shahrida tashkil etish taklifini ilgari surdi”, - deyiladi xabarda.
Buxoroda Ermitaj muzeyining ilk ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
© UzA
Delegatsiya a’zolari Rossiya davlat Ermitaji direktori Mixail Piotrovskiy bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida uchrashdi. Unda arxeologiya, muzeyshunoslik, restavratsiya masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
“Uchrashuv davomida Buxoroda “Ermitaj kunlari” ko‘rgazmasini tashkil etishga, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi talaba, magistr, professor-o‘qituvchilar uchun Ermitajga stajirovkalar tashkil etishga kelishildi”, - deyiladi xabarda.
Buxoroda Ermitaj muzeyining ilk ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
© UzA
Shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti olimlari bilan ilmiy hamkorlik qilish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.