BRICS adolatli va ko‘p qutbli dunyo poydevoriga qo‘yilgan "g‘isht" bo‘ladi — Narishkin

BRICS tashkiloti bu ko‘p qutbli dunyo poydevoriga qo‘yilgan g‘isht bo‘ladi, kelajakda ko‘p qutbli bino tobora mustahkamlanib boradi — Narishkin.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. BRIKS adolatli va ko‘p qutbli dunyo poydevorida "g‘isht" bo‘ladi, dedi Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) rahbari Sergey Narishkin XI Moskva Xalqaro xavfsizlik anjumanida. RIA Novosti xabariga asosan.
"BRIKS kabi tuzilmada xalqaro munosabatlarning adolatli va demokratik arxitekturasini shakllantirish nuqtayi nazaridan katta imkoniyatlar mavjud. Menimcha, bu qisqartma ingliz tilida "g‘ishtlar" so‘zi sifatida eshitilishi bejiz emas.
Bu anglo-sakslarga tom ma’noda shama bo‘ladi: bular chinakam erkin va teng huquqli dunyo poydevoriga qo‘yilgan g‘ishtlarga aylanadi. Yaqin orada ularga yangi g‘ishtlar yoki butun boshli qutblar qo‘shiladi. Ko‘p qutblilik binosi o‘sib, mustahkamlanib, davlatlar huquqlarini himoya qiladi. Xalqlar uchun suverenitet va o‘zligi, real iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yo‘l ochiladi. Hech qanday maxluq bu binoni buza olmaydi", - dedi Narishkin.

XI Moskva Xalqaro xavfsizlik anjumani

XI Moskva Xalqaro xavfsizlik anjumani 15-avgust kuni bo‘lib o‘tmoqda. Unda global va mintaqaviy barqarorlik muammolari, shuningdek, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Yevropada xavfsizlikning turli jihatlari muhokama qilinmoqda.
Rossiya Federatsiyasi xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva konferensiyasiga 102 ta davlat va sakkizta xalqaro tashkilotni taklif qildi, ular orasida G‘arb davlatlari yo‘q. Forumga taklif etilganlar orasida Xitoy, Hindiston, Turkiya, Isroil, Janubiy Afrika, Meksika, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA, Belarus, Qozog‘iston va boshqalar bor.
Shuningdek BMT, KXShT, ShHT, ASEAN, Arab davlatlari ligasi va Afrika ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham taklif etilgan.