TOShKENT, 15 avg — Sputnik. AQSh va Yevropa Ittifoqi boshqa davlatlar siyosatiga tashqaridan ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida ikkilamchi sanksiyalar institutini faol rivojlantirmoqda, dedi seshanba kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) rahbari Sergey Narishkin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva anjumanida so‘zlagan nutqida.
Narishkin aytishiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va uning hamkorlarining noqonuniy sanksiyalar siyosatining ildizi mustamlakachilikka borib taqaladi.
“AQSh va Yevropa Ittifoqi uchinchi davlatlar siyosatini tashqi boshqaruv vositasi sifatida ikkilamchi sanksiyalar institutini faol rivojlantirmoqda, ayniqsa Moskva, Pekin va global ko‘pchilikning boshqa qutblari bilan teng sheriklikni afzal ko‘rgan davlatlarga nisbatan", - deydi Narishkin.
Uning aytishiga ko‘ra sanksiyalar siyosati bu “o‘zi tegishli bo‘lmagan narsalar ustidan hokimiyatni egallash” deb atadi. Narishkinning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari sanksiya siyosatini yuritish orqali qarshi tomonning resurslari, tovarlari va texnologiyalarini o‘ziniki deb bilishini ochiq ko‘rsatmoqda.
XI Moskva Xalqaro xavfsizlik anjumani
XI Moskva Xalqaro xavfsizlik anjumani 15-avgust kuni bo‘lib o‘tmoqda. Unda global va mintaqaviy barqarorlik muammolari, shuningdek, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Yevropada xavfsizlikning turli jihatlari muhokama qilinmoqda.
Rossiya Federatsiyasi xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva konferensiyasiga 102 ta davlat va sakkizta xalqaro tashkilotni taklif qildi, ular orasida G‘arb davlatlari yo‘q. Forumga taklif etilganlar orasida Xitoy, Hindiston, Turkiya, Isroil, Janubiy Afrika, Meksika, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA, Belarus, Qozog‘iston va boshqalar bor.
Shuningdek BMT, KXShT, ShHT, ASEAN, Arab davlatlari ligasi va Afrika ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham taklif etilgan.