Zelenskiy Qrim ko‘prigiga hujum qilishga urinish uchun javobgarlikni tan oldi

12 avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi C-200 raketasi bilan Qrim ko‘prigiga hujum qilishga uringanini xabar qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 12-avgust kuni Qrim ko‘prigiga hujum qilishga urinish uchun javobgarlikni tan oldi. Bu haqda u 13-avgust kuni o‘zining Telegram-kanalida joylagan videomurojaatida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari “maxsus harbiy operatsiya chog‘idagi Rossiya Qurolli kuchlari harakatlariga javob qaytarmoqda”. O‘z nutqida u misol tariqasida “Qrim ko‘prigida juda ajoyib tutunni” misol qilib keltirgan.
12 avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi C-200 raketasi bilan Qrim ko‘prigiga hujum qilishga uringanini xabar qilgan edi. Raketa urib tushirilgan, ko‘prik bo‘ylab harakat odamlar xavfsizligi uchun vaqtincha to‘xtatilgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Ukrainaning bu xatti-harakatini qattiq qoralashi va javobsiz qoldirmasligini ma’lum qildi. Chunki Kiyev rejimi fuqarolik obyekti bo‘lgan ko‘prikka hujum qilishga uringan. Diplomatning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi bunday urinishlar bilan jang maydonidagi o‘zining muvaffaqiyatsizliklarini xaspo‘shlashga urinmoqda.