“Zakovat” o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi - foto

G‘oliblarga 100, 60 va 40 million so‘m pul mukofotlari topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Toshkent shahrida 12-13 avgust kunlari "Zakovat" intellektual o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Belarus, Latviya, Daniya kabi 14 mamlakatdan 55 ta jamoa qatnashdi.
Quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin: "GG" (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston);
2-o‘rin: "Borskiy korabel" (Rossiya);
3-o‘rin: "Basendji" (Rossiya, Qozog‘iston).
1 / 3
2 / 3
3 / 3
G‘olib jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin: 100 million so‘m;
- 2-o‘rin: 60 million so‘m;
- 3-o‘rin: 40 million so‘m.
Breyn-ring o‘yinida esa "Basendji" jamoasi g‘olib bo‘ldi va unga birinchi Osiyo ochiq chempionatining kubogi topshirildi.
"Basendji" jamoasi