Toshkent hayvonot bog‘ida yashayotgan ko‘plab jonivorlar uchun yoz sevimli fasldir. Hayvonlar yozgi qafaslarda vaqt o‘tkazadilar va quyoshdan zavqlanadilar.
Biroq mo‘yna va va pat bilan qoplangan jonivorlarga jazirama issiq yoqmaydi. Ular turli yo‘llar bilan o‘z tanasini sovutishga harakat qilishadi. Kimdir suvga sho‘ng‘iydi, boshqasi salqin xonaga kirib oladi.
Ayiqlar, timsoh, iguana va begemot jazirama yoz faslini qanday o‘tkazayotganini hayvonlar tilini so‘zsiz tushunadigan bog‘ qarovchilari aytib berishdi.