Harorat +36 darajagacha ko‘tariladi — O‘zbekistonda 15-avgust uchun ob-havo

Havo harorati maksimal +36 daraja bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zgidromet ertaga, 15-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.