TOShKENT, 14 avg — Sputnik. 13 avgust kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Qoradaryo darosidan 11 yoshli bolaning jasadi topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 17:50 atrofida Oltinko‘l tumanida yashovchi D.A. IIBga qo‘ng‘iroq qilib, darodan o‘g‘il bola murdasi topilganini bildirgan.
Surishtiruv natijasida jasad shu tumandagi mahallalardan birida yashovchi 2012-yilda tug‘ilgan T.A.ga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan. Jasad sud tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.