Musiqa sadolari ostida olib ketilayotgan chiqindi: aholi buni qanday qabul qildi — video

O‘zbekistonda chiqindilar endi klassik musiqa sadolari ostida olib ketiladi.
Sputnik
Respublikaning 3 ta viloyati aholisi Betxoven va Eynaudi musiqalari yangrashidan chiqindi mashinasi yaqinlashayotganini bilib olishapti.
Chiqindilarni olib ketish kompaniyalaridan biri bunday usulni joriy qilgan.
“Ko‘p bolali oilalar bor. Ertalab yoki kunduz kuni chiqindi mashinasi signal chalib kelganda, bola uyg‘onib ketishi mumkin degan shikoyatlar ko‘p bo‘lar edi. Tungi navbatchilikdan keyin kimdir dam olayotgan bo‘ladi. Ular ham juda bezovta bo‘lishi mumkin”, - deydi Chiqindilarni to‘plash va olib chiqish korxonasi rahbari Habibulla Husanov.
Ekologiya vazirligining ta’kidlashicha, agar usul sinovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, bunday mashinalar butun respublika bo‘ylab paydo bo‘ladi. Sputnik videosida batafsil tanishing.