Belarusdagi II MDH o‘yinlari: o‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida yetakchi bo‘ldi

MDH o‘yinlarining final jangida ringga ko‘tarilgan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi g‘alaba qozonib, umumjamoa hisobida yetakchi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Kecha, 12-avgust kuni MDH o‘yinlarining final jangida ringga ko‘tarilgan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi g‘alaba qozonib, umumjamoa hisobida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Belarus-2023: uzbekskie mastera kojanoy perchatki snova ne imeyut sebe ravnix
Shuningdek, sambo, karate va futzal bahslarida ham medallar qo‘lga kiritildi. Batafsil:
Oltin:
Samandar Olimov (-54 kg, boks) ;
Abdulloh Madaminov (-60 kg, boks) ;
Boburbek Bobojonov (-63,5 kg, boks) ;
Shavkatjon Boltayev (-71 kg, boks) ;
Fazliddin Erkinboyev (-75 kg, boks);
Javohir Ummataliyev (-80 kg, boks) ;
Halimjon Mamasoliyev (-92 kg, boks) ;
Nurbek To‘rayev (+98 kg, sambo) ;
Sevinch Rahimova (-55 kg, karate).
Belarus-2023: uzbekskie mastera kojanoy perchatki snova ne imeyut sebe ravnix
Kumush:
Gulsevar O‘roqova (-50 kg, sambo).
Bronza:
Sobirjon Tastanov (-48 kg, boks) ;
Miralijon Mavlonov (-51 kg, boks) ;
Shoxrux Abdumalikov (-57 kg, boks) ;
Murodbek Baxriddinov (-67 kg, boks) ;
Abdulaziz Abdurahmonov (-86 kg, boks) ;
Ravshanjon Soliyev (+92 kg, boks) ;
Dilmurod Xolmamadov (-71 kg, sambo) ;
Ibodat Agajonova (-54 kg, sambo) ;
Shahrizoda Ismatullayeva (-50 kg, karate) ;
Diyora Xurramova (-55 kg, karate) ;
Muhammadqodir Obobakirov (-67 kg, karate) ;
Futzal bo‘yicha terma jamoa.
Belarus-2023: uzbekskie mastera kojanoy perchatki snova ne imeyut sebe ravnix
4 avgustdan boshlab Belarus poytaxti Minsk shahrida II MDH sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 9 davlatdan uch mingdan ortiq sportchi 16 ta olimpiya, 5 ta noolimpiya sport turlari bo‘yicha bellashmoqda.
Musobaqada 313 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qilyapti. Musobaqa 14-avgustga qadar davom etadi.