Fidel Kastro O‘zbekistonga 1963-yil may oyida tashrif buyurgan. O‘shanda u Samarqand, Toshkent va Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysida bo‘lgan, hatto Tuyabo‘g‘iz suv ombori ochilishida ham ishtirok etgan.
“U O‘zbekistonni yaxshi ko‘rardi. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafot etgach, dunyoda faqat bir davlatda – Kubada motam e’lon qilinganini hamma ham bilmaydi. Bu motam ertalab soat 6.00 da boshlangan. Mazkur holat O‘zbekistonga bo‘lgan chuqur hurmatning ifodasi edi”, — deydi jurnalist va faylasuf A’lo Xo‘jayev.
1963 yilda afsonaviy komandanteni kutib olish uchun shahar ko‘chalariga chiqqan minglab toshkentliklar orasida A’lo Xo‘jayev ham bor edi.
“Fidel Kastro kelgan kuni shunchalik o‘zgacha tuyg‘ularni his qildikki, balki faqat Gagarin kelgan kunini hisobga olmasak, boshqa bunchalik xursand bo‘lgan kunimizni eslay olmayman. U Toshkentga keldi va Sharof Rashidov bilan birga Rashidovning qarorgohidan shaharga qarab ketayotgan edi. Yo‘lda minglab odamlar bayroqlar bilan to‘planishdi. “Viva Kuba! Viva Fidel!” Shunday ajoyib lahzalar edi!”, — deb eslaydi A’lo Xo‘jayev.
Abduxalil Abdujamilov ham zavq bilan bu onlarni yodga oladi. O‘sha yillarda otasi Abdujamil Matqabulov mashhur “Qizil O‘zbekiston” kolxozining raisi edi.
“Biz maktab o‘quvchilari edik, bizni uning mashinasi oldiga olib chiqishdi va biz Fidel Kastro bilan uchrashdik. Bizga Kuba davlat bayrog‘ini va gullar berishdi. Biz uning oldiga yugurib kelib “Viva Kuba! Viva Fidel!” deb qichqira boshladik
Vizit v SSSR Predsedatelya Soveta Ministrov Respubliki Kuba Fidelya Kastro
© Sputnik / A. Lyapin
Shundan so‘ng, bolalar Fidelga qizil pioner galstugini taqishgan.
Vizit v SSSR Predsedatelya Soveta Ministrov Respubliki Kuba Fidelya Kastro Rus.
© Sputnik / Vasiliy Malishev
Uzoq yo‘ldan dam olgach, Kuba rahbari Madaniyat saroyida nafaqat kolxoz joylashgan Orjonikidzevskiy tumani mehnatkashlari, balki boshqa tuman mehnatkashlari bilan ham uchrashgan. Fidelni hamma olqishlagan. Abdujamil Matkabulov muhtaram mehmonga milliy o‘zbek choponi va do‘ppi kiydirgan.
Vizit v SSSR Predsedatelya Soveta Ministrov Respubliki Kuba Fidelya Kastro
© Sputnik / Vasiliy Malishev
Vizit v SSSR Predsedatelya Soveta Ministrov Respubliki Kuba Fidelya Kastro Rus. 26-aprelya - 3-iyunya 1963 goda.
© Sputnik / Vasiliy Malishev
A’lo Xo‘jayev va Abduxalil Abdujamilov Fidel Kastro bilan uchrashuvi haqidagi xotiralarini Sputnik muxbiri bilan o‘rtoqlashdi. Tarixiy daqiqalarni bizning lavhamizda tomosha qiling.