TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Bugun Hivada "Qovun sayli" festivali o‘z ishini boshladi, Turizim qo‘mitasi.
Xiva shahrida "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festivalda 12 viloyat, 11 hudud va 2 shahar, jumladan, fermer xo‘jaliklari, davlat idoralari va xususiy tashkilotlar ishtirok etmoqda.
Xivada qovun sayli boshlandi
© Komitet po turizmu
“Hammasi bo‘lib 40 gektar maydonda 66 ta pavilon bor. Mehmonlar uchun “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qori qiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, "Ko‘k gulobi", "Bo‘rikalla" va boshqa qovun navlari taqdim etilmoqda”, deyiladi xabarda.
Xivada qovun sayli boshlandi
© Komitet po turizmu
Pavilonlarda turli meva-sabzavotlar, qandolatchilik, asalarichilik mahsulotlari, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik ko‘rgazmalari, konsert dasturi namoyish etiladi.
Xivada qovun sayli boshlandi
© Komitet po turizmu
Eslatib o‘tamiz, “Qovun sayli” festivali 12-13 avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ichan qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida bo‘lib o‘tadi. Festivalni o‘tkazishdan maqsad viloyatning agroturizm salohiyatini namoyish etish, hududning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishdan iboratdir.