Xivadagi “qovun sayli” qanday o‘tmoqda — yorqin suratlar

Festivalda o‘zbekistonlik dehqonlar o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini namoyish etishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Bugun Xivada “qovun sayli” festivali boshlandi. Unda barcha hududlardan kelgan dehqonlar o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
Festivalda 12 viloyat, 11 hudud va 2 shahar, jumladan, fermer xo‘jaliklari, davlat idoralari va xususiy tashkilotlar ishtirok etmoqda. Hammasi bo‘lib 40 gektar maydonda 66 ta pavilon bor. Mehmonlar uchun “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qori qiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, "Ko‘k gulobi", "Bo‘rikalla" va boshqa qovun navlari taqdim etilmoqda”.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9