MDH o‘yinlari: o‘zbekistonlik bokschi qizlar musobaqani g‘alaba bilan yakunlashdi

O‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan umumiy medalla soni 69 taga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar MDH o‘yinlarida yana 12 ta medalga ega chiqishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Belarusda bo‘lib o‘tayotgan MDH o‘yinlarining kechagi kun baxslari bokschi qizlar uchun ancha sermahsul o‘tdi.
Unda sportchilar delegatsiya hisobiga 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini taqdim qilishdi.
“Shu tariqa, musobaqada qatnashgan barcha qizlarimiz yurtimizga medal bilan qaytadigan bo‘lishdi”, deyiladi xabarda.
Oltin medal:
-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva
-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-63 kg: Sitora Bahodirova
-70 kg: Oysha Toirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Kumush medal:
-52 kg: Zilola Yusupova
-75 kg: Sanobar Bozorboyeva
Bronza medal:
-57 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
-60 kg: Odinaxon Ismoilova
-66 kg: Aysanem Saruarova
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova
Eslatib o‘tamiz, MDH o‘yinlarida 8-avgust kuni ringga ko‘tarilgan 7 nafar bokschimizning barchasi g‘alabaga erishgan edi.
Demak, 11-avgust holatiga, II MDH o‘yinlarida medallar xajmi bo‘yicha O‘zbekiston 3-o‘rinda ketmoqda. Hozirga qadar, sportchilar 15 ta oltin, 15 ta kumush va 39 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga ulgurishdi. O‘zbekistonda umumiy hisobda 69 ta medal bor. Musobaqada eng ko‘p medallarga rossiyalik sportchilar (204) ega chiqishdi. Belarus jamoalari esa 161 ta medal bilan ikki o‘rinda bormoqda.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5