Marg‘ilon va Rishtonga yangi hokimlar tayinlandi — ular haqida nimalar ma’lum?

Shukurulloxon Nisbatxonov Marg‘ilon shahri, Bahodir Xoliqov esa Rishton tumani hokimi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Marg‘ilon va Rishtonga yangi hokimlar tayinlandi, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati hokimligi.
Marg‘ilon shahar hokimi
Shukurulloxon Nisbatxonov
Shukurulloxon Nisbatxonov Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlandi. U bungacha Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.
Bahodir Xoliqov 1972-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodiy kibernetika yo‘nalishida tamomlagan.
Uzoq yillar davomida Soliq tizimida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan, Marg‘ilon, Quvasoy va Farg‘ona shaharlari Davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i bo‘lgan.
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2019-2020 yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, 2020-2021 yillarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.
2021-2022 yillarda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i, 2022-2023 yillarda viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Rishton tumani hokimi
Baxodir Xolikov
Bahodir Xoliqov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi. U bungacha Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.
Shukurulloxon Nisbatxonov 1969-yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan.
2000 yilgacha Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasida turli mas’ul vazifalarda ishlagan. 2000-2010 yillarda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida sektor boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2010-2014 yillarda Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan. 2014-2019 yillarda Qo‘shtepa va Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyalarida, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2019-2020 yillarda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2020-2022 yillarda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
2022 yil aprel oyidan beri Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.